Questions and Answers about Our world
Usborne nashriyotining "Q&A about our World" (Bizning dunyomiz haqida savol-javoblar) interaktiv kitobi — bolangizning dunyoqarashini kengaytiruvchi, tabiat va geografiyaga qiziqish uyg'otuvchi hamda ingliz tilini zavqli tarzda o'rgatuvchi mukammal qo'llanma!
95 000 so'm
1
Tavsif
Usborne nashriyotining "Q&A about our World" (Bizning dunyomiz haqida savol-javoblar) interaktiv kitobi — bolangizning dunyoqarashini kengaytiruvchi, tabiat va geografiyaga qiziqish uyg'otuvchi hamda ingliz tilini zavqli tarzda o'rgatuvchi mukammal qo'llanma! Bu kitob bolalarni sayyoramiz bo'ylab ajoyib kashfiyotlar va sarguzashtlar olamiga yetaklaydi.
Kitob afzalliklari:
- Chiroyli va mustahkam interaktiv klapanlar (Lift-the-flap): Kitobda 50 dan ortiq ochiluvchi darchalar mavjud bo'lib, ular bolada qiziquvchanlikni uyg'otadi. Har bir darcha ortida esa qiziqarli savollarga oddiy va lo'nda javoblar yashiringan.
- Mantiqiy va qiziqarli savollar: Kitob "Nima uchun okean sho'r?", "Qor qanday paydo bo'ladi?", "Dunyoning eng baland tog'i qayerda?" kabi ko'plab savollarga javob beradi. Bu savollar bolaning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi.
- Ingliz tilini tabiat va geografiya orqali o'rganish: Rasmda ko'rib turganingizdek, kitobda ko'plab "What?", "When?", "Why?", "How?", "Where?", "Which?", "Can?" kabi so'roq so'zlari orqali tuzilgan savollar berilgan. Bu lug'at boyligini oshirish bilan birga, bolaning dunyoqarashini kengaytiradi va zamonaviy STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) bilimlarni beradi.
- Yorqin illyustratsiyalar: Kitobda rang-barang va chiroyli rasmlar aks ettirilgan. Golden Gate ko'prigi, yovvoyi hayvonlar (sher, yo'lbars, fil, jirafa), kosmosh va tabiat manzaralari bolani hayratga soladi.
- Qalin bosma: Chidamli karton sahifalar kitobning uzoq vaqt xizmat qilishini ta'minlaydi.
Kitob haqida:
- Yosh chegarasi: 4+ yoshdagi bolalar uchun ideal
- Nashriyot: Usborne (Buyuk Britaniya)
- Muallif: Katie Daynes
- Rassom: Petey Donelly
- Yosh: 4-9 oralig'i
- Sahifa: 14 sahifa
- O'lchami: 282 x 222 x 15 mm
- Og'irligi: 600 g
Bolangizda tabiatga, geografiyaga va kitobxonlikka bo'lgan sevgini kichik yoshdanoq shakllantiring!
Yetkazib berish va to‘lov
Kuryer orqali yetkazib berish va olib ketish. Shartlarni rasmiylashtirish vaqtida aniqlang.
Xususiyatlar
| Kategoriya | Karton kitoblar |
|---|