Mom&me
−9%

My First Reading Library(Green box)

📚 Ingliz tilida rasmli hikoyalar izlaganlar uchun — «Mening ilk kutubxonam» to‘plami keldi!
239 000 so'm265 000 so'm−9%
1

Tavsif

📚Ingliz tilida rasmli hikoyalar izlaganlar uchun — «Mening ilk kutubxonam» to‘plami keldi!

Usborne nashriyotining dunyoga mashhur "My First Reading Library" to‘plami eng sara 50 ta hikoya va qissalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bolalarning ingliz tilida noldan boshlab bosqichma-bosqich, ravon o‘qishini ta’minlaydi. Yirik shriftlar, har bir sahifadagi qiziqarli va yorqin illyustratsiyalar hamda sodda matnlar o‘qishga tushayotgan bolajonlar uchun eng yaxshi tanlovdir!

  • Bosqichma-bosqich o‘qish (Graded Reading): To‘plam sodda fonetik hikoyalardan boshlanib, asta-sekin murakkablashuvchi ertak va qissalarga o‘tadi. Bu esa bolaga o‘z kuchiga ishonch bag‘ishlaydi.
  • So‘z boyligini tez shakllantirish: Har bir hikoyadagi ravon jumalalar va takrorlanuvchi iboralar ingliz tilidagi so‘z boyligini tez fursatda oshiradi.
  • Qiziqarli va rang-barang illyustratsiyalar: Har bir sahifadagi jonli rasmlar bolaning diqqatini ushlab turadi va mutolaa jarayonini qiziqarli o‘yinga aylantiradi.
  • Chiroyli va qulay quti (Boxset): 50 ta javon-kitobcha tartibli saqlash uchun maxsus, mustahkam sovg‘abop g‘ilof-qutida taqdim etiladi.

     

📋 KITOB HAQIDA MA’LUMOTLAR

  • Kitob turi: Early Reader / Storybook (Ingliz tilida o‘qishni o‘rganish va rivojlantirish uchun bosqichli rasmli hikoyalar to‘plami).
  • Nashriyot: Usborne Publishing (Buyuk Britaniya)
  • Muallif: Lesley Sims, Mairi Mackinnon, Katie Daynes va Usborne mualliflar jamoasi
  • Rassom (Illyustrator): Stephen Cartwright, David Semple va boshqa professional illyustratorlar
  • Mo‘ljallangan yosh: 3 - 10 yosh (3 yoshdan ota-ona bilan birga o‘qish, 5-10 yoshda esa mustaqil o‘qish uchun)
  • To'plamda: 50 ta kitob (Maxsus qutida)
  • Sahifa soni: Har bir kitob 32 sahifadan iborat (Jami 1600 sahifa)
  • O'lchami: Kitoblar 20.4 x 13.5 cm
  • Og'irligi:  2.3 kg (Butun to‘plam qutisi bilan)
     

Xususiyatlar

KategoriyaRasmli hikoyalar
Mahsulot haqida savollaringiz bormi?AI-yordamchi aloqada — tanlashda yordam beradi, yetkazib berish va to'lov haqida aytib beradi.So'rash
239 000 so'm265 000 so'm