Muallif TRACE MORONEY dan emotsional intellektni oshiruvchi to’plam
Tavsif
His-tuyg‘ularni tushunishni o‘rgatadigan mehrli hikoyalar to‘plami 💛
Rasmdagi to‘plam Trace Moroneyning ikki mashhur seriyasini birlashtirgan: When I’m Feeling va The Things I Love About. Bu kitoblar bolaning his-tuyg‘ularini tushunishi, ularni nomlay olishi, oila, do‘stlik, maktab va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirishiga qaratilgan.
Trace Moroneyning When I’m Feeling & The Things I Love About kitoblari bolaga quvonch, xafa bo‘lish, jahldorlik, qo‘rquv, rashk, yolg‘izlik kabi turli hislarni tanib olish va ular haqida gapirishni o‘rgatadi. Shu bilan birga, oila, do‘stlar, maktab, uy hayvonlari va kundalik hayotdagi narsalarni qadrlashga undaydi.
Kitoblardagi sodda hikoyalar va yoqimli quyoncha obrazlari murakkab hislarni bolaga tushunarli tilda yetkazadi. Birgalikda o‘qish esa ota-ona va bola o‘rtasida his-tuyg‘ular haqida suhbat boshlash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Bu to‘plam bolaga: hislarini tanish va ifodalash, boshqalarning hislarini yaxshiroq tushunish, mehribonlik va do‘stlik tushunchalarini anglash, o‘ziga ishonch va ijobiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Nashriyot tavsiflarida ham seriya bolalarning emotsional rivoji, o‘ziga bahosi va bardoshliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani qayd etilgan. (Everest Books)
Kategoriyasi: Hikoya (Story / Picture Book)
Muallif: Trace Moroney
Rassom: Trace Moroney (Саймон и Шустер)
Yosh: asosan 3–5 yosh
Til: ingliz tili
Nashriyot: The Five Mile Press / Five Mile
Sahifa: 18-24 bet
O‘lchami: 243 × 244 × 10 mm.
Og‘irligi: bitta hardcover kitob 400-450 gr
To'plam: 18 ta kitobdan iborat, 2 qismga bo'linadi:
😄 Feelings emotions - 10ta kitob 140.000 so'm
💖 Things I live about - 8ta kitob 130.000 so'm
Ikkala to'plam 18 ta kitob 239000
Yetkazib berish va to‘lov
Kuryer orqali yetkazib berish va olib ketish. Shartlarni rasmiylashtirish vaqtida aniqlang.
Xususiyatlar
| Kategoriya | Hissiy intellekt |
|---|---|
| To'plam | When I’m Feeling & The Things I Love About, When I’m Feeling, The Things I Love About |