I'm not sleeping | Let's Wash Our Hands | Let's Brush Our Teeth
Tavsif
🧼 Tozalikni birga o‘rganamiz!
Tuvakka o‘rganish, qo‘l yuvish va tish tozalash — bolajon uchun muhim kundalik odatlar. Bu to‘plam tanish vaziyatlarni rasmlar orqali tushuntirish va foydali odatlar haqida birga suhbatlashish uchun kerak.
📖 No More Nappies
Tuvakka o‘tirish odati bilan tanishamiz.
📖 Let's Wash Our Hands
Qo‘l yuvishni kundalik odatga aylantirish haqida suhbatlashamiz.
📖 Let's Brush Our Teeth
Tish tozalash tartibi bilan tanishamiz.
📚 Turi: karton kitob (board book)
🌐 Tili: inglizcha
🏢 Nashriyot: Campbell
🪟 Ochib ko‘riladigan oynachalar bilan o‘rganamiz!
Bolajon oynachalarni ko‘tarib, ortida nima yashiringanini kashf qiladi, rasmlarni kuzatadi va voqeaga faol qo‘shiladi. Oynachalarni ochish barmoqlar harakati va qo‘l-ko‘z muvofiqligini mashq qildiradi, qiziqib kuzatish va savol berishga undaydi.
🤍 Birga o‘qing, birga suhbatlashing!
“Nima bo‘lyapti?”, “Qahramon nimani his qilyapti?”, “Sen nima qilarding?” deb so‘rang. Kitobdagi vaziyatni farzandingizning kundalik hayoti bilan bog‘lang.
🛍 Tanlov sizniki: uchta kitobni birga yoki kerakli mavzudagi kitobni alohida tanlashingiz mumkin.
Yetkazib berish va to‘lov
Kuryer orqali yetkazib berish va olib ketish. Shartlarni rasmiylashtirish vaqtida aniqlang.
Xususiyatlar
| Brend | Campbell |
|---|---|
| Kategoriya | Karton kitoblar |
| Kitob | 3 ta kitob, I'm not sleeping, Let's Wash Our Hands, Let's Brush Our Teeth |