Grey Softbooks
Interaktiv matoli kitobcha (softbook) — chaqalog'ingizning rivojlanishi va ilk kashfiyotlari uchun eng xavfsiz va qiziqarli tanlov!
50 000 so'm
1
Tavsif
Interaktiv matoli kitobcha (softbook) — chaqalog'ingizning rivojlanishi va ilk kashfiyotlari uchun eng xavfsiz va qiziqarli tanlov!
💡 Nega aynan bu softbook chaqaloqlar uchun zarur?
- Rivojlantiruvchi kontrast ranglar: Chaqaloqlar 0–3 oylikda dunyoni asosan oq-qora rangda ko'radi, 4 oylikdan esa dastlab qizil va yashil kabi yorqin ranglarni ajrata boshlaydi. Kitobchadagi rasmlar aynan shu kontraslikka mo'ljallangan.
- Taktil va eshitish tuyg'ularini oshiradi: Har bir sahifada turli hayvonlarning paxmoq, qarsillaydigan va yumshoq dumchalari chiqarilgan. Ichiga o'rnatilgan chiyildoqlari chaqaloqning diqqatini tortadi va barmoq motorikasini rivojlantiradi.
- Mutlaqo xavfsiz va yuviladigan material: Sifatli, yumshoq va ekologik toza matodan tayyorlangan. Chaqaloq uni og'ziga solsa ham, g'ijimlasa ham mutlaqo zarar yetkazmaydi. Kir bo'lganda osongina yuvib foydalanish mumkin.
- Atrof-muhit bilan tanishuv: Kitobcha orqali bola xo'jalik hayvonlari (quyon, eshak, mushuk, xo'roz, sigir, ot va cho'chqa) bilan tanishadi.
📐 Mahsulot xususiyatlari:
- Yosh toifasi: 0 oydan 7–8 oygacha va undan katta chaqaloqlar uchun
- Turi: Interaktiv matoli softbook
- Elementlari: Ovoz chiqaruvchi chiyildoq, qarsillaydigan va yumshoq taktil dumchalar, osib qo'yish uchun maxsus ilmoq
Chaqalog'ingizning ilk kitobchasi nafaqat o'yinchoq, balki uning aqliy va hissiy rivojlanishidagi birinchi qadamboshchisidir!
Yetkazib berish va to‘lov
Kuryer orqali yetkazib berish va olib ketish. Shartlarni rasmiylashtirish vaqtida aniqlang.
Xususiyatlar
| Kategoriya | Ilk kashfiyotlar |
|---|